21 apr 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Maddalena chempion bo'lib, kamarini Maxachevga qarshi jangda himoya qilmoqchi
UFC jangchisi, avstraliyalik Jek Della Maddalena Bilol Muhammadni mag'lub etib, Islam Maxachevga qarshi jangda kamarini himoya qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
"Islamga qarshi jang qilishim ajoyib bo'lardi. Bu go'zal tarix bo'lardi — “Volk” uchun qasos. Ko'ramiz, hammasi bo'lishi mumkin. Avval Bilolni engamiz, keyin imkoniyatlar o'z-o'zidan yaratiladi", — dedi Maddalena Grin Reapers nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Maddalena va amaldagi yarim o'rta vazn chempioni Bilol Muhammad o'rtasidagi chempionlik jangi 11 may kuni UFC 315 turnirida, Kanadaning Monreal shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Grin Reapers
Fikrlar