06 noy 12:38
Yangiliklar
Maddalena Maxachevga "syurpriz" tayyorlamoqda: "Men uni hayratda qoldira olaman"
"U grepplingda yaxshi va ehtimol, meni parterda yakunlashga harakat qiladi. Lekin men uni bu borada hayratda qoldira olaman deb o'ylayman. Biz uning "A" rejasi uchun uni chalg'itadigan to'g'ri texnikani tayyorladik. Men sovuqqonlik bilan harakat qilaman va jangni "stoyka"da, yani tik holatda olib bora olaman deb o'ylayman. Ishonamanki, bu jangning katta qismi tik holatda o'tadi va bu uning uchun syurpriz bo'ladi", - dedi avstraliyalik Denan Kempga bergan intervyusida.
SHuningdek, chempion 15 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirining o'zi ishtirokidagi asosiy jangini qanday tasavvur qilishini aytib o'tdi.
"Men uni qanday yakunlayotganimni ko'ryapman. Olomon g'azablanmoqda, men esa o'z burchagimga o'girilib, ularning hammasi aqldan ozayotganini ko'raman", - deya qo'shimcha qildi Maddalena.

Fikrlar