11 may 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Maddalena Maxachevga "vyzov" tashladi
Yarimo'rta vazn toifasining yangi chempioni Jek Della Maddalena kamarni qo'lga kiritishi bilan engil vazn qiroli Islam Maxachevga qarshi jang o'tkazishga tayyorligini malum qildi.
Avstraliyalik aralash yakkakurash ustasi biroz avval Kanadaning Monreal shahrida yakuniga etgan UFC 315 turnirining asosiy jangida Belal Muhammadni ochkolar (49-46, 48-47, 48-47) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, yarimo'rta vaznning yangi chempioniga aylangandi.
Jek Della Maddalena jangdan keyiingi intervyusida ilk chempionlik himoya jangini Islam Maxachevga qarshi o'tkazishini aytdi. Rossiyalik chempion agar Belal mag'lubiyatga uchrasa, yarimo'rta vaznga ko'tarilishini malum qilgandi.
"Men Volkanovski uchun undan qasos olaman", – dedi Maddalena.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar