24 iyu 07:26
Yangiliklar
Madina va Hojiakbarning chiqishidan FOTOREPORTAJ
Osiyo chempionatining kechagi kuni hamyurtimiz Madina Fayzullaeva uchun ham muvaffaqiyatli o'tdi. 2005 yilda tug'ilgan qizimiz ham o'smirlar, ham yoshlar toifasida ishtirok etib, jami 5 ta medalni qo'lga kiritdi.
-76 kg vazn toifasida qatnashgan Fayzullaeva dast ko'tarishda 82 kg., siltab ko'tarishda 106 kg., ikki kurash bo'yicha esa 188 kg. natija ko'rsatdi. Bu og'irliklar unga o'smirlar toifasida har uch yo'nalishda oltin, yoshlar kategoriyasida esa dast ko'tarish va umumiy hisobda bronza medallarini keltirdi.
Navbatdagi -89 kg. vazn toifasida bo'lib o'tgan bellashuvlarda yosh og'ir atletikachimiz Hojiakbar Olimov ham mahorat ko'rsatdi. U dast ko'tarish mashqida 145 kg., siltab ko'tarish mashqida esa 192 kg. lik marrani zabt etdi. Bu urinishlari unga kumush va oltin medallarni hadya etdi.
Hojiakbar ikki kurash hisobida 337 kg. ni zabt etib, shohsupaning ikkinchi pog'onasidan o'rin egalladi. Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar