12 dek 18:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Madiyar Saidrahimov IBA.PRO turnirida ringga ko'tarildi
BAAning Dubay shahrida IBA.PRO 13 professional boks turniri tashkil etildi.
Ushbu jang oqshomi doirasida hamyurtimiz Madiyar Saidrahimov ham ringga ko'tarildi. Jang davomida hamyurtimizga rossiyalik David Dzukaev raqiblik qildi.
8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Madiyar Saidrahimov ochkolar evaziga g'alaba qozondi.
Ushbu g'alaba bilan bokschimizni tabriklab qolamiz.
Birozdan so'ng mazkur turnir doirasida Rio Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov IBA.PRO kamari uchun Venesuela vakili Yoel Finolga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar