20 iyu 17:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Madiyar Saidrahimov SHohjahon Ergashev bilan bir oqshomda jang qiladi
Malum qilganimizdek, 2 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo'yicha IBA.Pro 7 turniri bo'lib o'tadi.
Malum bo'lishicha, ushbu turnirda yana bir hamyurtimiz — Madiyar Saidrahimov ham ishtirok etadi. 27 yashar Madiyarga musobaqa doirasida Ozarbayjon vakili Ahmad Mustafaev raqib bo'lishi belgilab qo'yilgan. 6 raundlik ushbu bellashuv professional maqomda kechadi.
Saidrahimov bungacha prof faoliyati davomida 2017 yil Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bitta jang o'tkazib, g'alabaga erishgan. Ahmad Mustafaev uchun esa bu bahs prof ringdagi debyutga aylanadi.
Avvalroq, IBA.Pro 7 turniri doirasida taniqli charm-qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev ringga ko'tarilishi haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar