09 noy 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Madiyar Saidrahimov: Tursunovni engib, o'zimni birinchi ekanligimni his etdim
-91 kg vazn toifasida finalda Sanjar Tursunov ustidan g'alabaga qozonib chempionga aylangan Madiyar Saidrahimov musobaqa haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hayajondaman. Maqsadim g'olib bo'lish edi. Mana erishdim. Tursunovni engib o'zimni birinchi raqamli bokschidek his qilyapman. Sanjar do'stim. Uni juda hurmat qilaman. Lekin ringda raqibmiz. Musobaqadagi ilk jangim og'ir bo'lgan edi, to'g'risini aytsam o'shanda qiynalgandim. Keyinchalik bahsdan-bahsga o'z sport formamga kirib oldim. CHempionat menga ko'p narsa berdi. O'zimni birinchi ekanligimni his etdim. Bu o'zgacha tuyg'u ekan. Olimpiadaga borib, yurt bayrog'ini baland ko'tarish har bir sportchini orzusi. Agar murabbiylarim menga ham imkoniyat berishsa, ishonchlarini oqlayman»-dedi, Saidrahimov.
Sarvinoz Raxmonqulova
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar