14 may 15:04
Yangiliklar
Futbol
Madonna, SHakira va BTS JCH-2026 finalining tanaffusida chiqish qiladi
FIFA matbuot xizmatining malum qilishicha, SHakira, Madonna va BTS Jahon chempionati finalining tanaffusida hedlayner bo'ladi.
Coldplay guruhi solisti Kris Martin musiqiy shouni boshqaradi. Umumiy chiqishlar soni atigi 11 daqiqani tashkil qiladi.
Jahon chempionati finali 19 iyul kuni Nyu-Jersi shtatidagi "Metlayf Stedium"da bo'lib o'tadi. Avvalroq OAVda tanaffus ananaviy 15 daqiqadan ancha ko'proq bo'lishi haqida xabar berilgan edi.

Havola :
Fikrlar