So’nggi yangiliklar

17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0

05 apr 18:59
Yangiliklar

Boks/MMA

Madrimovning raqibi kuchsiz? Igbokveni kuchsiz deyishga haqqimiz yo'q - To'lqin Qilichev

To'lqin Qilichev Isroil Madrimovning raqibi haqida gapirdi.

«Madrimovni raqibi kuchsizligi haqida? Bu noto'g'ri narsa. Madrimov davogar. Uni jangsiz kuttirib o'tirishdan ko'ra, bu jangni o'tkazish afzal ko'rildi. Madrimovga TOP-10dagi 3-4 nafar bokschi raqib sifatida ko'rib chiqildi, lekin ular Isroilga qarshi jang qilishni xohlashmadi. Prof boksda shunday, hamma tanlash, rozilik berish yoki bermaslik huquqiga ega. SHuning uchun, yakunda Igbokve rozi bo'ldi. 

Matchroom, DAZN shu bokschini raqib sifatida tasdiqladi. Bu raqibni kuchsiz deyishga haqqimiz yo'q. Muxlislar tomonidan turli xil fikrlar yangraydi. Tanqid kerak. SHu orqali biz o'samiz, biz odamlarning etiboridan xursandmiz. Bu jang bizga suv va havodek kerak. CHunki jangsiz qolish bokschiga jang o'tkazgandan ko'ra ko'proq salbiy tasir ko'rsatadi. Jangsizlikdan ko'ra har qanday kuchsiz raqib bilan bo'lsa ham ringga chiqqan afzalroq. SHularni hammasini inobatga olgan holda, biz jamoamiz bilan ushbu jangni o'tkazishni maqul ko'rdik», - dedi Qilichev Olamsport.com sayti muxbiri Sarvinoz Raxmonqulovaga bergan intervyusida.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing