13 fev 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Madrimovning vaznidagi chempionning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum
Super yarimo'rta vazn toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni, amerikalik Sebastyan Fundoraning keyingi jangi bo'yicha tafsilotlar aniq bo'ldi.
27 yoshli charm qo'lqop ustasi 22 mart kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan boks oqshomi doirasida ringga chiqadi. U o'sha kuni 33 yoshli hamyurti Kordeyl Buker bilan jang qiladi.
Fundora so'nggi jangini 2024 yilning mart oyida sobiq chempion Tim Czyuga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. Mazkur vazndagi o'zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 22 fevral kuni WBC Interim kamari Virjil Ortisga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar