20 fev 11:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Mag'lubiyati yo'q UFC jangchisi Maxachevni "vyzov"ni qabul qilishga chaqirdi
Yarimo'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev bilan jang o'tkazish istagini bildirayotgan davogarlar soni ortib bormoqda.
UFC’ning yarim o'rta vazn toifasi reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan ekvadorlik 26 yoshli Maykl Morales Maxachevni o'zi bilan jang o'tkazish uchun shartnoma imzolashga chaqirdi.
"Mening nigohim kamarga qaratilgan. Islam, shartnomaga imzo chek!", - deb yozdi Morales ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Malumot uchun, Maykl Morales 2017 yilda aralash yakkakurashlarda debyut qilgan. U hozirgacha 19 ta g'alabaga erishgan, shundan 15 tasida muddatidan oldin raqiblarini taslim etgan. Hali mag'lubiyatga uchramagan. UFC 322 turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Maykl amerikalik SHon Bredi ustidan birinchi raunddayoq nokaut bilan g'alabaga erishgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar