So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

30 jan 07:48
Yangiliklar

Boks/MMA

Mag'lubiyatsiz bokschimiz Havasbek Asadullaev bugungi jang oldidan taroziga chiqdi + FOTO

Bugun Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, "Lujniki"da o'tajak IBA.PRO 14 turnirida mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz Havasbek Asadullaev (7-0, 5 KO) o'zi singari mag'lubiyat va durangi yo'q sobiq EBP chempioni, professionallar o'rtasida Rossiya chempioni Alan Xugaev (21-0, 10 KO)ga qarshi yarim o'rta vazn toifasidagi 8 raundlik jangda qarshi ringga chiqadi. Xugaev tarozida 66,65 kg, Asadullaev esa 66,7 kg vazn ko'rsatdi. Har ikki bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. 

IBA Pro turnirining asosiy jangi superog'ir vaznda IBA.PRO Intercontinental kamari uchun o'tkaziladi. O'n raundlik jangda rossiyalik Murad Xalidov (11-0, 6 KO) kubalik Xose Larduet (15-1, 13 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Mezbonlar vakili tarozida 111,4 kg, kubalik esa 129,7 kg tosh bosdi.

Turnirning co-main event jangi ham og'ir vazn toifasida tashkil etiladi. Rossiyalik David Surov professional ringdagi debyut jangini dominikanlik nokautchi Luis Alfredo Alkantara Gerrero (11-0, 10 KO,)ga qarshi o'tkazadi. Surov 104,4 kg, Gerrero deyarli 8 kilogrammga engilroq chiqdi - 96,7 kg.  

Malumot uchun, IBA.PRO 14 turniri "Match TV" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi. Tarozi va face to face marosimida o'zbek boksi afsonasi Artur Grigoryan faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Bokschi-bloger Erali esa turnirning asosiy tashkilotchilaridan biri IBAning rasmiy elchisi hisoblanadi.    


Juftliklar va to'liq tarozi natijalari:

Yarim engil vazn, ayollar, 6 raund: Darya Abramova (Rossiya, 57,15 kg) — Mijgona Samadova (9–13, 2KO, Tojikiston, 57,2 kg);

Yarim o'rta vazn, 6 raund: Evgeniy Kool (1-0, 1KO, Rossiya, 66,5 kg) – Jonas Junius Jonas (25–8, 4KO, Namibiya, 65,8 kg);

Minimal vazn, 10 raund, WBA Asia kamari uchun: Edmond Xudoyan (Rossiya, 47,6 kg) – Jepleksa Kuirante (6-0, 3KO, Filippin, 46,6 kg).

Ikkinchi o'rta vazn, 8 raund: CHeerav Ashalaev (1–0, Rossiya, 76,2 kg) – Artish Lopsan (14–2–2, 9KO, Rossiya, 76,1 kg);

Yarim o'rta vazn, 8 raund: Alan Xugaev (21–0, 10KO, Rossiya, 66,65 kg) – Havasbek Asadullaev (7–0, 5KO, O'zbekiston, 66,7 kg);

Superog'ir vazn, 6 raund: David Surov (Rossiya, 104,4 kg) – Luis Alfredo Alkantara Gerrero (11–0, 10KO, Dominikan Respublikasi, 96,7 kg);

Superog'ir vazn, 10 raund, IBA.PRO Intercontinental kamari uchun: Murad Xalidov (11–0, 6KO, Rossiya, 111,4 kg) – Xose Larduet (15–1, 13KO, Kuba, 129,7 kg).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing