01 iyu 12:32
Yangiliklar

Magomed Ankalaev Aleks Pereyraning g'alabasiga munosabat bildirdi
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi kecha Las-Vegasda o'tgan UFC 303 turnirining markaziy jangida kamarning sobiq sohibi, chexiyalik Irji Proxazkani ikkinchi raundda nokautga uchratgandi.
"Aleks Pereyra, tabriklayman, chempion. Men juda ham hayratdaman. Boss Dana Uayt hamisha sport imkoniyatlar maydoni deb aytadi. O'ylaymanki, u o'sha imkoniyatni menga taqdim etadi. Stoykada, yani tik turgan holatda qanday jang qilishni ko'rsatib qo'yaman. Zarba kuchim bilan sening bosh suyaging mustahkamligini tekshirib ko'rmoqchiman. Ishonchim komil, men seni nokautga uchrata olaman. Top-5dagi barcha yigitlar nokautga uchratildi. Faqat men qoldim. Men dunyoning eng yaxshi yarimog'ir vazn jangchisiman. Endi men chempionlik uchun oktagonga chiqaman. Aleks mendan xuddi qolganlar singari qo'rqadi. Abu-Dabi, Saudiya Arabistoni, Nyu-York, Las-Vegas, qaerda jang qilishning umuman qizig'i yo'q. Istalgan joyda men uni nokaut evaziga mag'lub etaman. Aleks, yaxshilab tayyorgarlik ko'r!", - dedi rossiyalik aralash yakkakurash ustasi.
Fikrlar