27 iyu 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Ankalaev Pereyra - Proxazka jangiga taxmin bildirdi
Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempionligiga davogar bo'lib turgan rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Magomed Ankalaev amaldagi chempion Aleks Pereyra hamda Irji Proxazka jangi haqida gapirdi.
Revansh maqomidagi ushbu jang 30 iyun kuni UFC 303 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Proxazka va Pereyra jangida imkoniyat 50 ga 50. Agar jang oxirigacha davom etsa, Proxazka ochkolar hisobida g'alaba qozonishi mumkin. Lekin Pereyra bu jangda g'olib bo'ladi, deb o'ylayapman.
Kim g'alaba qozonishidan qatiy nazar, men kamar uchun jang qilmoqchiman. Ular menga raqobat tug'dira olmaydi", dedi Ankalaev.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar