24 sen 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Ankalaev UFC bilan yangi shartnoma imzoladi
Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempionligi uchun davogar, rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Magomed Ankalaev tashkilot bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.
Bu haqda uning menejeri Ali Abdel-Aziz xabar bermoqda.
"Magomed UFC bilan yangi shartnoma tuzganidan xursand. U kamar uchun jang kilishga hakli. Aslida, unga imkon berishmagani bemanilik. Agar Ankalaev Rakichni mag'lub etsa, u kamar uchun jang kiladi. Har holda UFC shunday bo'lishini aytdi", dedi Abdel-Aziz.
Malumot o'rnida, Ankalaevning keyingi jangi 26 oktyabr kuni UFC 308 turniri doirasida Aleksandr Rakichga qarshi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar