08 mar 18:40
Yangiliklar

Magomed Ankalaev va Aleks Pereyraning kafolatlangan gonorarlari malum
Kechaning asosiy jangida yarimog'ir vazn toifasida amaldagi chempion, braziliyalik Aleks Pereyra rossiyalik Magomed Ankalaev bilan to'qnash keladi. Ankalaev hozirda ushbu divizion reyingida birinchi o'rinni egallab turibdi.
Ushbu jang uchun Pereyra kafolatlangan ravishda 1 million dollar miqdorida gonorar oladi. Ankalaev esa 750 ming dollar ishlab olishi kerak. SHuningdek, ushbu summaga PPV sotuvidan tushadigan foizlar ham qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, Pereyra o'z chempionlik kamarini oxirgi marta 2024 yil oktyabr oyida himoya qilgan va o'shanda Xalil Rauntrini to'rtinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgandi. Ankalaev esa o'sha oyda Aleksandr Rakichga qarshi jang o'tkazib, ochkolar evaziga g'alaba qozongan edi.
Fikrlar