18 mar 11:18
Yangiliklar
Magomed Kurbanov Isroil Madrimovga qarshi jangdagi mag'lubiyati sabablarini aytdi
"Rostini aytsam, bu savolga javobim yo'q. Jangga tayyorgarlik jarayonida hamma narsa to'g'ri bajarilganga o'xshaydi. Sparringdan tortib to vazn tashlachgacha. Og'irlikni bajara olishimga hamma shubha qildi, lekin men buni yaxshi uddaladim.
Balki men bu bilan tarix yaratish, unvonni olish kabi o'y-hayollar bilan ovora bo'lib qolgandirman. Keyin jang oldidan uning bekor qilingani, Madrimov ko'rikdan o'ta olmagani haqida malumotlar paydo bo'ldi. O'sha paytda men: "Menga haqiqatan ham jahon chempionlik kamari uchun kurashish nasib etmaganmi?!", deb o'ylab qoldim. Ammo keyin hammasi o'zgarib ketdi va jang boks oqshomi sanasidan 2-3 kun oldin tasdiqlandi.
SHikoyat qiladigan hech narsam yo'q. Bu mening kunim emas edi. Ha, yutqazdim, ha uyat bo'ldi, juda xafa bo'ldim. Lekin takror aytaman, bu mening kunim emas edi", - dedi Kurbanov Match TV bilan suhbatda.
Fikrlar