So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

19 mar 07:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Magomed Kurbanov: "Men ham, Isroil ham tekinga jang qildik"

Birinchi o'rta vazn toifasida WBA kamariga sobiq davogar Magomed Kurbanov Isroil Madrimovga qarshi jangdan bir tiyin ham gonorar olmaganini aytdi.

Madrimov Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkazilgan chempionlik jangida WBA reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Kurbanovni beshinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. 

"Ha, men gonorarsiz jang qildim. Jangimiz yuzasidan muzokaralar juda uzoq davom etdi. Lekin men kamar uchun jang qilishga o'zimni har tomonlama tayyorlab borgandim. SHu boisdan jangga katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'rdim. O'zimni ajoyib his qilayotgandim. Yakunda menga qo'ng'iroq qilib, "jang bo'ladi, o'rtaga jahon chempionlik kamari qo'yiladi, lekin puli bo'lmaydi", deyishdi. 

Qo'pol qilib aytganda, men ham, Isroil ham o'z hisobimizdan bu jang uchun ringga chiqdik. Ammo bu holatdan xafa bo'lganim yo'q. CHunki, shu jang uchun faoliyatimning katta qismi sarflandi. Kamar uchun jang o'tkazish bu orzu! 

Hozir ko'pchilik go'yo bu jangdan men 20 million, 30 million, 35 million gonorar ishlab olganimni yozyapti... Yigitlar, o'zingizni bosing. Men orzuim ro'yobi va maqsadim uchun jang qildim. G'alaba uchun ringga chiqqandim, lekin o'xshamay qoldi", — dedi Kurbanov RCC matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing