06 fev 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Mutaevning qotili o'z aybini bo'yniga oldi
Avvalroq Rossiyada 18 yoshli Nodirxon Qodirxonov ismli shaxs MMA jangchisi, Abdulmanap Nurmagomedovning shogirdi Magomed Mutaevni o'ldirib ketgan edi.
Malum bo'lishicha, Qodirxonov o'z aybiga iqror bo'lgan. Bu haqda Rossiya Tergov qo'mitasining Dog'iston boshqarmasi xabar bermoqda.
"Tergovchilar avvalroq gumondor sifatida ushlangan 18 yoshli mahalliy fuqaro ishtirokida dalillarni joyida tekshirdi. U voqea holatlari haqida batafsil gapirib berdi, jinoyat qurolini qaerga yashirgani va qotillikni qanday sodir etganini ko'rsatdi", – deyiladi boshqarma xabarida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar