05 jan 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov Abu-Dabidagi jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda (FOTO)
Yaxshi bilasiz, 23 yanvar kuni MMAchimiz Mahmud Muradov Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da navbatdagi jangini o'tkazadi.
UFC 257 turniri doirasida o'tkaziladigan jangda hamyurtimizga amerikalik Endryu Sanches raqiblik qiladi.
Muradov tayyorgarlik jarayonining so'nggi bosqichini Polshada olib bormoqda.
"Sizlarni xursand qilish uchun qo'limdan kelgan hamma narsani qilaman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat", - deb xabar qoldirdi Mahmud Muradov Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar