28 jan 07:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov bir kunda uch raqibni engganidan keyin ilk bor post qoldirdi (+FOTOGALEREYA)
O'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi Mahmud Muradov Fame 29 turniri doirasida Liganing Gran-prisida ishtirok etib, g'alaba qozongandi.
Turnir mobaynida u Marsin Sionis, Tomash Sarare va Izu Ugonoa (nokaut)ni mag'lubiyatga uchratib, Gran-Pri g'olibiga aylangandi. Ushbu g'oliblik orqali Mahmud Muradov "Mercedes" S-Class avtomobiliga ham ega chiqqan va uni murabbiyiga sovg'a qilgandi.
"Fame 29 bizniki! Bu hech qachon unutmaydigan ajoyib kecha bo'ldi. Barcha sportchilarga janglar uchun rahmat! Polsha tomoshabinlari oldida chiqish imkoniyati uchun Fame tashkilotchilariga katta rahmat — sizlar eng zo'risiz! Tez orada qaytamiz!", deya quyidagi suratlarni izohlagan Muradov.




















Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar