25 jan 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov bir kunda uchta raqibga qarshi jang qilib, g'alaba qozondi!
24 yanvar kuni Polshaning Tarnuv shahrida aralash yakkakurashlar bo'yicha Fame 29 turniri bo'lib o'tdi.
Gran-Pri ko'rinishida tashkil etilgan turnirda hamyurtimiz bir oqshomda uch nafar raqibga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Turnir mobaynida u Marsin Sionis, Tomasza Sarare va Izu Ugonoa (nokaut) kabi raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Gran-Pri g'olibiga aylandi.
Ushbu g'oliblik orqali Mahmud "Mercedes" S-Class avtomobiliga ham ega bo'ldi. Ushbu yangi avtomobilni u murabbiyiga sovg'a qilib yubordi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar