04 fev 06:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov bugungi jangidan so'ng ilk bor aloqaga chiqdi va ahvoli haqida malumot berdi
O'zbekistonlik UFC jangchisi biroz oldin Las-Vegasdagi turnirda oktagonga chiqqan edi.
Muradov bugun rossiyalik Aliasxab Xizriev bilan jang qildi va ilk raundda ko'zidan jarohat olishi oqibatida jang o'tkazilmagan deb topildi.
Mahmud jangdan keyin muxlislarga murojaat qildi:
"Hammaga assalomu alaykum. Birinchi navbatda menda hammasi joyida ekanini aytmoqchiman. Faqat ko'zimda muammo bor. Uni ocha olmayapman. Hozir shifoxonaga ketyapmiz.
Alhamdulillah, demak, shunday bo'lishi kerak bo'lgan ekan. Men tayyor edim, ko'p mehnat qildim.
Barchangizga qo'llab-quvvatlov uchun rahmat aytmoqchiman. Hammasi yaxshi bo'ladi, Xudo xohlasa. Hozir shifoxonaga ketyapmiz, o'sha erda ko'zimga nima bo'lganini bilib olamiz. Afsuski, shunday bo'lishi kerak bo'lgan ekan", - dedi Mahmud Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar