05 sen 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov CHexiya sudida yutqazganiga qanday munosabat bildirdi?
Avvalroq, o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi, UFC sobiq jangchisi Mahmud Muradov CHexiyada yashash huquqidan mahrum qilingani haqida xabar bergan edik.
Hamyurtimiz bunga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Kimdirlar mening mafiya dunyosi bilan aloqam borligini aytyapti, lekin ular meni aynan kim bilan munosabatda bo'lganimni aytmasa, gap nima haqida borayotganini qanday bilishim mumkin? Bu yomon. Agar CHexiya vakillari meni aniq bir shaxs bilan aniq bir manzilda uchrashganimni aytishsa, men javob bergan bo'lardim. Men hech qanday noto'g'ri ish qilganim yo'q. Menga avval ham CHexiyada yashashni taqiqlashgan, lekin bu masalada kurashni davom ettiraman. O'zim qanday ekanimni o'zim bilaman. CHexiyada yashashga loyiqman, men hech qanday jinoyat qilmadim", dedi Mahmud.
Havola :
Manba : sport.cz
Fikrlar