18 avg 15:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov: "Hammasi reja bo'yicha ketyapti" (FOTO)
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Mahmud Muradov UFC'dan ketganidan keyingi ilk debyut jangiga tayyorlanmoqda.
Avvalroq, hamyurtimiz endilikda CHexiyaning "OctagonMMA" Ligasida jang qilishi haqida xabar bergan edik. Uning yangi tashkilotdagi debyut jangi 21 sentyabr kuni britaniyalik Skott Eskxamga qarshi kechadi.
"Yana bir qiyin hafta ortda qoldi. SHanba, atletika kuni sprint bo'ldi. Jangga 5 hafta qolganida o'zimni yaxshi his qilyapman. Alhamdulillah! Hammasi reja bo'yicha ketyapti. Yakshanba kuni men Ankos MMA'ning Polshadagi sparringiga boraman. Dam olish kunlari barchangizga xayrli o'tsin", deb yozgan Muradov.
Malumot uchun, Mahmud Muradov 2019-2024 yillar davomida UFC'da 7 ta jang o'tkazib, 4 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Uning so'nggi jangi o'tkazilmagan deb topilgandi.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar