02 dek 12:42
Yangiliklar

Mahmud Muradov Islam Maxachev bilan bir oqshomda jang o'tkazadi
Xabar berganimizdek, shu kuni Muradov latviyalik 34 yoshli Misha Cirkunov bilan jang o'tkazadi. Cirkunov oxirgi ikkita jangida Rayan Spennga texnik nokaut, Kshishtof Yotkoga esa ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergan.
31 yoshli Muradov esa so'nggi jangida UFC`dagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgan edi. Jerald Mershart kutilmaganda hamyurtimizni bo'g'ib qo'ygandi. Ungacha Mahmud Alessio Di Kiriko, Trevor Smit va Endryu Sancheslarni mag'lubiyatga uchratgandi.
Malumot uchun, Mahmud Muradov - Misha Cirkunov jangi joy olgan turnirning markaziy to'qnashuvi Islam Maxachev va Beneil Dariush o'rtasida bo'lib o'tadi. Engil vazn toifasidagi ushbu jang kamar uchun davogar nomini aniqlab beradi.
Fikrlar