02 jan 09:28
Yangiliklar

Mahmud Muradov Islam Maxachev haqida fikr bildirdi
Aksincha, deyarli bir-biriga teng kuchdagi raqiblar o'rtasida toj uchun kurash avjiga chiqdi. CHempion CHarlz Oliveyra, kamar uchun davogarlar Jastin Getji, Dastin Pore, Islam Maxachev, yozda oktagonga qaytadigan Konor Makgregor, hali so'nggi so'zini aytmagan Toni Fergyuson kabi yuqori darajadagi jangchilar ushbu vaznni "qizdirib" berishyapti.
Saytimiz muxbirinining Islam yangi Xabib bo'la oladimi, degan savoliga UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradov shunday javob berdi.
"Islam yangi Xabib emas, birinchi Islam bo'ladi (kuladi). Ishonchim komil, 2022 yil Maxachev uchun ataladi. U Beneil Dariushni mag'lub etsa, kamar uchun davogarga aylanadi. Buni uning o'zi ham yaxshi tushunib turibdi. Islam 2022 yilni chempion sifatida yakunlaydi. Bunga ishonaman. Ha, Oliveyra jiddiy raqib. Buni u Dastin Porega qarshi jangda isbotladi. Ko'pchilik va shaxsan men ham Porening g'alabasini kutgandim", - deydi Muradov.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev navbatdagi jangini 27 fevral tongida amerikalik Beneil Dariushga qarshi o'tkazadi. Bu ikki jangchi reytingda uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallab turishibdi.
Fikrlar