26 apr 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov iyulda jang qilmasligini aytdi. Nima uchun?
Avvalroq UFC jangchisi Mahmud Muradov navbatdagi jangini 10 iyul kuni o'tkazishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ammo, www.olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, u iyul oyida jang qilmasligi mumkin.
"10 iyul kuni Abu-Dabida Konor hamda Pore o'rtasidagi jang kardida jang qilishim kerak edi. Lekin, hozirgi kunga kelib AQSHda ham koronavirus bilan bog'liq vaziyat yaxshilanmoqda va u erda ham tomoshabinlar ishtirokida janglar tashkil etilmoqda.
Menda esa AQSHga vizam may oyida tugab qolgan va iyulgacha yangi viza olishga ulgura olmayman. SHu sababli, navbatdagi jangim avgust-sentyabr oyida o'tkaziladi", - dedi Mahmud Muradov matbuot anjumani davomida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar