13 noy 13:28
Yangiliklar
Mahmud Muradov jangining sanasi o'zgardi + FOTO
Ushbu oqshom doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, sobiq UFC jangchisi Mahmud Muradov ham oktagonga ko'tarilishi zarur edi. Ammo tashkilotchilar tomonidan turnir sanasi o'zgartirildi. Endi musobaqa 7 dekabr kuni tashkil etiladi.
Muradovga bo'lajak oqshomda SHimoliy Irlandiya vakili, sobiq UFC jangchisi Norman Park (32-7-1) raqiblik qiladi. Aralash yakkakurash ustalari kecha matbuot ajumanida ishtirok etishdi. O'rta vazn toifasida tashkil etiluvchi ushbu to'qnashuv 3 raund etib belgilangan. Jang ko'rgazmali maqomda o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov so'nggi jangini 21 sentyabr kuni Oktagon 61 turniri doirasida britaniyalik Skott Askxemga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. Bu Muradov uchun UFC'dan ketganidan keyin o'tkazgan ilk jangi bo'lgandi.
Norman Park 2012-2016 yillar davomida UFC'da 9 ta jang o'tkazib, 5 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.
Fikrlar