27 apr 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov mashg'ulot jarayonidan videoni namoyish etdi
UFC jangchisi Mahmud Muradov ayni paytda Toshkentda mashg'ulotlar o'tkazmoqda.
MMAchimiz o'z jamoadoshlari bilan birga poytaxtimizda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. U Instagramdagi sahifasiga mashg'ulot jarayoni aks etgan videoni joylashtirdi.
"Maqsadni to'g'ri qo'yib, ko'p mehnat qilsangiz, ko'pchilik uchun orzu bo'lgan narsaga erishishingiz mumkin bo'ladi. Muvaffaqiyatga erishish uchun yordam beradigan muhitni tanlang. MURADOV JAMOASI shunchaki jamoa emas. Yaxshi mashg'ulotdan so'ng", - deb izoh qoldirdi Muradov video ostiga.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar