27 fev 13:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov MPL nega asosan Toshkentda turnir o'tkazayotganiga izoh berdi
MPL turnirlari nega asosan poytaxtda bo'lib o'tmoqda?
MPL asoschisi Mahmud Muradov liga nima sababdan ko'proq Toshkentda turnir o'tkazayotganiga izoh berdi.
«Bizning ligamiz respublikaning barcha viloyatlarida turnir tashkil etishni rejalashtirgan. Lekin jang kechalari hozircha asosan poytaxtda bo'lib o'tmoqda. Bunga asosiy sabab viloyatlarda katta sport arenalarining yo'qligidir. Viloyatlardan turnirimiz uchun mos keladigan sport majmualarini topishga va bor imkoniyatdan maksimal foydalangan holda geografiyamizni kengaytirishga harakat qilamiz», - dedi Mahmud Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar