08 jan 17:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov qaytmoqda. Uning navbatdagi raqibi, jang sanasi va manzili elon qilindi (VIDEO)
O'zbekistonlik mashhur UFC sobiq jangchisi Mahmud Muradovning keyingi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
35 yoshli hamyurtimiz 24 yanvar kuni Polshaning Tarnuv shahrida tashkil etiladigan Fame 29 turnirida ishtirok etadi. Turnir doirasida Muradov polshalik 29 yashar Denis Labrigaga qarshi ko'rgazmali MMA jangini o'tkazadi.
Kecha sportchilar musobaqa oldidan ilk marotaba yuzma-yuz kelishdi.
Malumot uchun, Mahmud Muradov professional faoliyati davomida 37 ta jang o'tkazib, 29 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar