20 iyu 19:31
Yangiliklar
Mahmud Muradov UFC'dagi o'zbekistonliklar hamda Ramazon Temirovning kelajagi haqida gapirdi
- Eshitgan bo'lsangiz kerak, yaqinda UFC'dagi jangchilarimiz soni yana ko'paydi, Nursulton va Guskov qo'shildi. Ro'ziboev ilk jangini g'alaba bilan boshladi...
"Qancha ko'p o'zbekistonlik jangchilar bo'lsa, UFC Xudo xohlasa O'zbekistonga keladi. O'zbekistonda jang qilish - bu mening orzuim, ota-onam, yaqinlarim mening jangimni ko'rishadi. Yaqinda, menimcha, yana bir-ikkita o'zbekistonlik jangchi bo'ladi UFC'da. Sababi, bizda yaxshi jangchilar bor va UFC ularning chiqishlarini, g'alabalarini kuzatyapti. SHu o'rinda, muxlislarga kattakon rahmat aytmoqchiman, chunki sizlar yuborayotgan bayroqlar-u, motivacion so'zlar bu - juda muhim qo'llab-quvvatlovdir. SHunday ekan, barchangizga rahmat aytamiz!".
Hamyurtimiz, shuningdek, o'zbekistonlik ilk RIZIN jangchisi Ramazon Temirov haqida ham gapirdi:
"Ramazonda hozir RIZIN bilan yil oxirigacha mo'ljallangan ikkita jangdan iborat shartnoma mavjud. Balki, bitta jangidan so'ng Dana Uaytning davogarlar seriyasiga yoki UFC'ga shartnoma tuzarmiz. Hozircha shartnomamiz bor, ko'ramiz, hali vaqt bor".
Fikrlar