09 apr 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradovning chempionlik jangi uchun rasmiy promo rolik namoyish etildi (VIDEO)
O'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Mahmud Muradov 14 iyun kuni oktagonga qaytadi.
U o'sha kuni Praga (CHexiya) shahrida tashkil etiladigan Oktagon 72 musobaqasi doirasida chexiyalik Patrik Kinsll bilan bahs olib boradi.
Jang o'rta vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun tashkil etiladi. Tashkilotchilar mazkur qarama-qarshilik uchun rasmiy promo rolikni taqdim etishdi.
Malumot uchun, 35 yoshli Mahmud Muradov faoliyati davomida hozirga qadar 36 ta jang o'tkazib, 28 g'alaba va 8 mag'lubiyat qayd etgan. Hamyurtimiz bilan tengdosh Patrik Kinsll hisobida esa 28 g'alaba va 11 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar