19 iyu 07:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradovning Londondagi jangi asosiy karddan tushib qoldi
22 iyul kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahridagi O2 Arena'da navbatdagi UFC Fight Night turniri bo'lib o'tadi.
Biz uchun etiborlisi, ushbu oqshom doirasida o'zbekistonlik yagona UFC jangchisi bo'lib turgan Mahmud Muradov (25-8) ham oktagonga ko'tariladi. O'rta vazn toifasidagi hamyurtimizga o'sha kuni amerikalik tajribali yakkakurash ustasi Brayan Barberena (18-10) raqiblik qiladi.
Jangchilar o'rtasidagi to'qnashuv avvalroq elon qilinganida, asosiy karddan o'rin olgandi. Insayder Marsel Dorf elon qilgan kardda esa Mahmud Muradov va Brayan Barberena jangi o'z o'rnidan ancha pastlaganini, prelim kardda ekanini ko'rishimiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turnir kardiga munosabat bildirar ekan, Muradov - Barberena jangi asosiy kardga arzishini yashirib o'tirmagan.
Havola :
Manba : twitter.com/MarcelDorff
Fikrlar