22 sen 06:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradovning UFC'dan keyingi jangi to'liq davom etdi
CHexiyaning Brno shahrida aralash yakka kurashlar bo'yicha Oktagon MMA 61 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning co-main event, yani ikkinchi asosiy jangida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, sobiq UFC jangchisi Mahmud Muradov oktagonga chiqdi. O'rta vazn toifasidagi vakilimizga angliyalik Skott Askxem raqiblik qildi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Muradov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Malumot uchun, Mahmud Muradov 2019-2024 yillar davomida UFC'da 7 ta jang o'tkazib, 4 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Uning so'nggi jangi o'tkazilmagan deb topilgandi. Muradovning raqibi Skott Asxem esa faoliyatidagi ettinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari soni 20 taligicha qoldi. Uning UFC'dagi rekordi 2g'alaba va 4 ta mag'lubiyatdan iborat.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar