06 iyu 16:08
Yangiliklar
Makarska Open. Mariya Timofeeva 1/2 finalda!
Mukofot jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Mariya 1/4 finalda WTA reytingining 297-pog'onasidan joy olgan Yasmin Kabbayga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 42 daqiqa davom etgan bahsda Timofeeva raqibasini 7/5, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ikkala tennischi ham uchrashuv davomida eys zarbasini amalga oshira bilmadi. Qo'shxatolar vakilamizda ko'proq bo'ldi - 4 ga 1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Mariya Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 118-o'rinni egallab turibdi. Bugun tennischimiz final chiptasi uchun ispaniyalik Sara Sorribes Tormoga qarshi bahs olib boradi. Sara reytingda 304-pog'onadan joy olgan. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar