15 iyu 11:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Makdonald Bellator kamarini himoya qildi va Gran-pri finaliga yo'l oldi
Xabar berganimizdek, AQSHning Nyu-York shahrida aralash qoidalar bo'yicha Bellator 222 oqshomi bo'lib o'tdi.
Oqshomning yana bir qiziqarli jangi yarim o'rta vazn toifasida bo'lib o'tdi va undi chempion Rori Makdonald Neyman Greysiga qarshi oktagonga chiqdi. Besh raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Hakamlar bir ovozdan 49-46, 48-47, 48-47 hisobida Makdonald g'alaba qozonganini etirof etishdi. Rori chempionlik kamarini himoya qilish barobarida Bellator Gran-pri turnirining finaliga yo'l oldi. Finalda u Duglas Limaga qarshi jang o'tkazadi. G'olibni bir million dollar kutmoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar