30 okt 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Qodirxon G'aniev UFC sobiq vakili bilan jang qildi (VIDEO)
Koreya Respublikasining Seul shahrida MMA bo'yicha xalqaro turnir o'tkazilmoqda.
Xabar berganimizdek, turnir doirasida o'zbekistonlik Qodirxon G'aniev Braziliya vakili Markos Rojerio de Lima bilan bahs olib bordi.
Og'ir vazn toifasida tashkil etilgan 3 raundlik bellashuv ikkinchi raundda yakunlandi. Rojerio de Lima hamyurtimizni texnik nokaut orqali taslim etdi.
Malumot uchun, Qodirxon faoliyati davomida hozirgacha 13 ta jang o'tkazib, 7 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat qayd etdi. Markos Rojerio de Lima (23-9-1) esa UFC sobiq jangchisi sanaladi. 40 yashar sportchi mazkur nufuzli Ligada jami 18 ta jangda 11 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar