26 mar 18:28
Yangiliklar
Boks/MMA
"Makgregor bilan jang qiziqarli bo'ladi" - Maks Xollouey
Maks Xollouey Konor Makgregorga qarshi revansh jangini o'tkazishga tayyor ekanini bildirdi.
"Biz istalgan vaznda jang qilishimiz mumkin. Men revansh istayman.
Bu jang qiziqarli bo'ladi, chunki Konor teykdaun qilishga urinmaydi", — dedi Xollouey.
Eslatib o'tamiz, Xollouey mart oyida CHarlz Oliveyraga qarshi BMF kamari uchun jangda hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lgan edi.
Makgregor va Xollouey 2013 yil avgust oyida jang qilgan, o'shanda Konor hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan. Makgregor so'nggi bor 2021 yil iyul oyida Dastin Porega qarshi uchinchi jangda qatnashib, oyog'i sinishi tufayli texnik nokaut bilan yutqazgan.
Havola :
Manba : Championship Rounds
Fikrlar