10 iyu 11:32
Yangiliklar

Makgregor Gollivud aktyorini oktagonga chorladi, Jastin Biber esa Tom Kruzni!
Bu Konorning Tvitter sahifasida Markka qilgan birinchi taklifi emas.
Irlandiyalik o'zining shaxsiy promousheni ushbu jangni tashkil etishini qo'shimcha qilgan. Biroz avval qo'shiqchi Jastin Biber mashhur aktyor Tom Kruzni aralash qoidalar bo'yicha jang qilishga chaqirgandi. Konor ham bu chorlovdan ilhomlanib, Uolbergga “vyzov” tashladi.
Jastin Biber: Men Tom Kruzni oktagonga chaqiraman. Tom, agar bu chorlovni qabul qilmasang, senga hamma qo'rqoq sifatida qaray boshlaydi. Bizning jangimizni kim tashkil qilib beradi? Dana Uayt?
Konor Makgregor: Agar Tom Kruzda erkaklik g'ururi bo'lib, jang uchun o'zida kuch topa olsa, McGregor Sports and Entertainment promousheni ushbu jangni tashkil etib beradi. Tom Kruz o'zi o'ynagan filmlaridagi kabi kuchlimikan? Aloqada qoling, tez orada yangilikdan voqif bo'lasiz. Ha, aytgancha, ushbu turnir uchun o'zimga Mark Uolbergni raqib sifatida tanladim. Mark filmlarda porlagan paytida ham uni bemalol mag'lub eta olardim.
Fikrlar