31 mar 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Makgregor haqiqiy erkaklar bilan jang qilmaydi"
Amerikalik UFC jangchisi Kolbi Kovington yarim o'rta vazn toifasida amaldagi chempion Kamaru Usman va ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor Makgregor o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
Ilgari jang o'tkazish istagini Makgregorning o'zi bildirgan edi.
"Menimcha, u shunchaki shou qilgan. Konor haqiqiy erkaklar bilan jang qila olmaydi. U ajoyib jangchi va buni isbotladi. Biroq, yarim o'rta vazn toifasi uniki emas", — deya Kovingtonning so'zlarini keltiradi Full Send Podcast.
Makgregorning so'nggi jangi 11 iyul kuni UFC 264 turnirida bo'lib o'tgandi. Konor engil vazn toifasida yana bir sobiq chempion Dastin Porega oyog'idagi jarohat tufayli mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar