19 fev 11:39
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor qo'lqopsiz janglarini kimlarga qarshi o'tkazmoqchi ekanini aytdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor MakGregor BKFC promoushenida kimlar bilan jang qilishni xohlashini ochiqladi.
"Agar siz meni BKFC matbuot anjumanida faqat so'zlash uchun kelgan deb o'ylasangiz, yana bir bor o'ylab ko'ring. Siz yanglishasiz. Men BKFC chempioni bo'lmoqchiman, bu mening faoliyatimda muhim titul bo'ladi. Hech qaysi bokschi yoki MMA jangchisi BKFC chempioni haqida yomon gap ayta olmaydi.
Men bu erga shu titulni qo'lga kiritish uchun keldim. Qiziqarli raqiblar ko'p. Mayk Perri, Jeremi Stivens va Eddi Alvares bilan revansh – mana shu janglar menga qiziq. Men har qanday jangga tayyorman", – dedi MakGregor.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar