09 jan 17:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Sen-Perning murabbiyiga: Ovozingchi o'chir!
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor yana bir sobiq chempion Jorj Sen-Perning murabbiyi Firas Zaxabining manziliga jiddiy gapirdi.
Avvalroq bu murabbiy yarim engil vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Maks Xollouey Konorni juda osonlik bilan mag'lub etishini, Sen-Per esa oktagonda Makgregorni “o'ldirib” qo'yishini aytgan edi.
“Ey, Firas. Meni muhokama qilishni yig'ishtir. Xuddi meni yaqindan biladigandek munosabat bidriyapsan. O'zing necha yoshdasan? Nima uchun o'zing buni qila olmaysan? CHunki, gap sotishdan boshqasiga yaramaysan. Ovozingni o'chirda, xushtagingni chalib yuraver”, - dedi Konor o'zining Twitter sahifasida.
Havola :
Fikrlar