12 iyu 16:16
Yangiliklar
Makgregor tilga kirdi va g'alati mag'lubiyati sababini aytdi
Irlandiyalik sobiq ikki vazn chempioni o'zini qanday his qilayotgani hamda ruhiy holati haqida gapirdi.
"Menda xuddi cilindrlar bloki kallagining qistirmasi teshilgandek bo'ldi. Hammasi yo'q qilindi. Jang oldidan menda hech qanday jarohat yo'q edi. Butun lager davomida, shuningdek, oktagonga chiqishda xotirjamlik bilan, oyog'imda sakrab chiqardim. Bu hech kutilmaganda sodir bo'ldi. Hozir men juda qorong'i holatdaman – qop-qorong'i. Buni tariflashim mumkin bo'lgan yagona narsa - bu haqiqiy do'zax!", - deb yozdi Konor Las-Vegasdagi UFC 329 turniridan so'ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Konor Makgregor oyog'ida muvaffaqiyatsiz tushganidan so'ng, muvozanatni saqlay olmadi va natijada hakam Mark Beltran jangni 69-soniyadayoq to'xtatdi hamda Maks Xolloueyning texnik nokautli g'alabasini elon qildi.
Qizig'i, besh yil oldin o'tkazilgan Dastin Porega qarshi so'nggi jangida ham Konor aynan birinchi raundda oyog'ini og'ir sindirib olishi ortidan mag'lubiyatga uchragan edi.

Fikrlar