28 noy 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor to'rtta huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblanib sudga chaqirildi
Irlandiyalik sportchi Konor MakGregorga nisbatan to'rtta ishda ayblov ochildi.
Malum bo'lishicha, sportchi avtomobil boshqarish tezligi 60 mil (97 km/soat) bo'lgan joyda tezlikni 95 milgacha (153 km/soat) chiqargan. Qolgan uchta ayblov esa haydovchilik guvohnomalari bilan bog'liq. Malumotlarga qaraganda, MakGregor policiyaga hujjatlarini ko'rsatishni istamagan.
SHu sababli u o'tgan hafta Neys shahri sudiga chaqirilgandi. Ammo, u sudga bormagan. Buning uchun sportchi 300-350 funt sterling atrofida jarima to'lashi kutilmoqda.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar