08 iyu 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregor UFC 329 jangi uchun yangi nomdagi shortilarni qabul qilib oldi + FOTO
Yarim engil va engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor 12 iyulga o'tar kechasi Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 329 turnirida oktagonga qaytadi.
Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi bo'lajak jangida yangi nomdagi shortiklarda jang qiladi. Maks Xollouey bilan revansh jangi arafasida Venum kompaniyasi Konor uchun yangi dizaynerlik modelini tayyorladi.

Aslida Makgregor 2024 yilda Maykl CHendler bilan jangga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda bu shortini olishi kerak edi. Biroq o'sha turnirga bir necha hafta qolganida jang barbod bo'lgandi. O'shanda shortiklar dizayni pul mavzusida edi.
Yangi dizaynda pul mavzusi o'rniga Irlandiyaga ko'proq ishora qilingan. Bloody Elbow nashrining takidlashicha, Konor o'z nomidagi bu ikki shortidan birini tanlaydi.


Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar