18 mar 09:54
Yangiliklar
Makgregor UFC bilan nechta jangga shartnomasi borligini ochiqladi
Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi qachon oktagonga qaytishi haqidagi savolga ham javob berdi.
"UFC bilan shartnomamda yana ikkita jang qolgan. Hozir promoushen bilan muzokara olib boryapman. Lekin ayni paytda bor etiborim mening ishtirokimdagi "Uy yonidagi yo'l" filmining targ'ibot ishlari hamda Avliyo Patrik kunini nishonlashga qaratilgan. SHu ishlar yakuniga etgach, keyin oktagon qaytish haqida bosh qotirsam bo'ladi. Men buni juda ham istayapman. Oldinda 2024 yilning katta qismi turibdi", — deya Makgregorning so'zlarini keltirmoqda MMA Fighting.
Eslatib o'tamiz, Konor so'nggi bor 2021 yilning yozida oktagonda ko'rinish bergan va o'shanda Dastin Porega yutqazib qo'ygandi. Avvalroq Makgregor keyingi jangini 29 iyun kuni Maykl CHendlerga qarshi o'tkazishini aytgandi.
Fikrlar