06 fev 15:33
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor Ukrainaga borishi mumkin
UFCning sobiq chempioni Konor MakGregor Ukrainadagi WWFC turniriga borishi mumkin.
O'sha turnirda MakGregorning sparring-hamkorlari Bleyn O'Driskoll va Nikolay Grozdev ham jang o'tkazadi. Bahslar 2 mart kuni Kievda tashkil etiladi.
Kechaning asosiy jangida chempion Teymer Ragimov Bleyn O'Driskolldan kamarini himoya qiladi.
"Konor MakGregor hamkorlarini qo'llab-quvvatlash uchun Ukrainaga tashrif buyurishi mumkin. Irlandiyalik sportchi do'stlarning qo'llab-quvvatlashi qay darajada muhim ekanligini biladi", - deyiladi WWFC bayonotida.
Havola :
Manba : WWFC
Fikrlar