05 fev 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Xabib bilan bo'lgan voqealarda oshirib yuborganini tan oldi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Xabib Nurmagomedov bilan bo'lgan nizolarni esladi.
“To'g'ri, bazi bir gaplarim oshib tushgan. Lekin endi bularni ortga qaytarib bo'lmaydi. Bo'lgan ish bo'ldi. Lekin ko'p gaplarga Xabibni o'zi ham sababchi bo'lgan.
Ko'pchilik bunday gap-so'zlarni men boshlagan deb o'ylaydi, ammo Xabibning ham Artem Lobovga qilgan ishlarini unutib qo'yishdi. Nima bo'lgan taqdirda ham endi bu muammolar shaxsiy muammolarga aylandi.
Revansh jangini intizorlik bilan kutmoqdaman. Serronega qarshi jangda qanday jismoniy holatda ekanligimni ko'rsatdim. Xabib mendan uzoq qochishi mumkin, lekin jangimiz bo'ladi. U qo'rqmoqda!“,-dedi Konor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar